» » Архив хаккида маълумот

Архив ишонч раками

Архив хаккида маълумот

 Namangan viloyati arxiv ishi xududiy boshkarmasi xaqida batavsil ma’lumot

Namangan viloyat arxiv ishi boshqarmasining NIZOMI
1. Namangan viloyati arxiv ishi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda - Boshqarma deb yuritiladi) viloyatda arxiv ishi bo‘yicha davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organi hisoblanadi; u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga (keyingi o‘rinlarda “O‘zarxiv” agentligi) va Namangan viloyati hokimligiga bo‘ysunadi hamda o‘z faoliyati haqida ularga hisobot berib turadi.
2. Boshqarma tizimiga Namangan viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlari kiradi. Shahar va tuman davlat arxivlari o‘z faoliyati jarayonida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasiga hamda o‘zi joylashgan tuman, shahar hokimliklariga bo‘ysunadi.
3. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga, Namangan viloyati hokimining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zarxiv” agentligining nizomlari, yo‘riqnomalari, qoidalari, qarorlari, farmoyishlari, buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bevosita, shuningdek unga buysunuvchi, o‘z faoliyatini boshqarma tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida viloyat davlat arxivi, shahar va tuman davlat arxivlari orqali amalga oshiradi. II. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar: viloyatda arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; viloyatdagi boshqaruv organlari, xo‘jalik sub’ektlari, korxonalar, tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, davlat arxivlari, idoraviy va idoralararo arxivlarda shuningdek nodavlat arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratning amalga oshirilishini ta’minlash; tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holatini taxlil qilish, bu sohani rivojlantirishning konuniyatlari va tendensiyasini o‘rganish, viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, shakllantirish, saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish; viloyatdagi davlat arxivlarining arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalalari bo‘yicha uslubiy ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalari va ilmiy-texnika yutuqlarini arxiv muassasalari va idoraviy arxivlar amaliyotida joriy etish; viloyatdagi tashkilotlar, davlat arxivlari va boshqa nodavlat arxivlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, viloyat davlat arxivi, shahar, tuman davlat arxivlarini boshqarish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; arxiv ishi sohasidagi mamlakatimiz va chet el ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va joriy etish; viloyat hududidagi Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish bo‘yicha ma’lumotlarni “O‘zarxiv” agentligiga taqdim etib borish; O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga taalluqli ma’lumotlar bazasini o‘zida saqlaydigan elektron arxivlar tuzishni va faoliyat ko‘rsatishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
6. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: viloyatda arxiv ishi va ish yuritishning milliy dasturlari va konsepsiyalarining amalga oshirilishida ishtirok etish; viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlarida shuningdek nodavlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini hujjatlarini jamlash, davlat hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash, ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha takliflar, qaror va farmoyishlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda viloyat hokimligiga kiritadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, davlat hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanish ishlarini tashkil etadi; viloyatda arxiv ishi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilib boradi va monitoring qiladi; boshqarmaning fond katalogi asosida davlat, idoralararo va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomga asosan jamoat tashkilotlari va fuqarolarning mulki bo‘lgan hujjatlarning hisobini olib boradi hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zarxiv” agentligiga taqdim etadi; viloyatda arxiv ishining rivojlantirishni joriy va istiqbol rejalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini ta’minlaydi; belgilangan tartibda viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlarini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi; davlat arxivlarining tarmog‘i va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda ish olib borilishini tashkil qiladi, viloyatda davlat arxivlarini tashkil etish yoki faoliyatini tugatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va viloyat hokimiga taklif kiritadi, yangi arxivlar tuzish bo‘yicha viloyat hokimi qarori loyihasini ishlab chiqadi va bu loyihani viloyat hokimligi tomonidan “O‘zarxiv” agentligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishga taqdim etish borasida tashkiliy ishlarni amalga oshiradi; viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlarida uslubiy ishlarini tashkil qiladi, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalarini, shuningdek ilmiy-texnika yutuqlarini arxiv ishi amaliyotiga joriy etish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; hujjatlarning ilmiy va amaliy qiymatini, shu jumladan davlat axborot resurslarini, hujjatlarning elektron nusxalarini ekspertiza qilinishini va ularni davlat arxivlarida doimiy saqlash uchun ajratilishini tashkil qiladi, viloyat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolarning tarixiy-hujjatli yodgorliklarini to‘plash bo‘yicha murojaatlarini belginlangan tartibda ko‘rib chiqadi va ularni “O‘zarxiv” agentligiga takdim etadi; maxsus ruxsatnomalar ro‘yxati asosida ularni to‘plashni nazorat qilib boradi; belgilangan tartibda viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi axborotli ma’lumot adabiyotlarining nashr etilishini tashkil qiladi; viloyatda hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar toifasini belgilaydi; viloyat, respublika va chet el arxivlarining ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va ommalashtiradi, arxiv ishi va ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha kengashlar, seminarlar, mashg‘ulotlar o‘tkazadi; qonunchilikda belgilangan tartibda davlat arxivlari tomonidan pullik xizmat ko‘rsatishni tashkil qiladi va kengaytiradi; viloyatda arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chet el investitsiyalarini, grantlar va chet elning boshqa loyihalarini jalb etishni hamda sifatli amalga oshirishni ta’minlaydi; viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlari faoliyatiga rahbarlik qiladi va tegishli hokimliklar bilan kelishuv asosida ularning Nizomlarini tasdiqlaydi; davlatga qarashli bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini sotib olishda davlatning imtiyozli huquqidan foydalanishda viloyat davlat arxivi va shahar, tuman davlat arxivlariga ko‘maklashadi; boshqarma va davlat arxivlarining moliyalashtirilishi va xarajatlari yuzasidan viloyat byudjeti loyihasiga takliflar ishlab chiqadi, ularning moliyalashtirilishi va sarflanishini nazorat qilib boradi; viloyatdagi davlat va idoraviy arxivlar hamda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish yuritish xizmati xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kadrlarni sifatli tayyorlashda viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlariga ko‘maklashadi, O‘zbekiston Respublikasm Milliy arxiv fondi elektron hujjatlarining va axborot resurslarining himoyasini tashkil etilishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini o‘ta qimmatli va nodir hujjatlarining sug‘urta nusxalari yaratilishini tashkil qiladi; fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi, konsullik so‘rovlari bajarilishini ta’minlaydi, bu borada davlat va nodavlat arxivlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; hududdagi davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari ro‘yxatini tasdiqlaydi; viloyat hududidagi davlat arxivlarining tuzatib bo‘lmaydigan darajada zararlangan hujjatlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining Davlat katalogi to‘g‘risidagi Nizomga asosan Boshqarmaning fond katalogini yuritadi hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligiga ma’lumotlar taqdim etadi; viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari hamda hududdagi idoraviy arxivlar mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi; yangi tashkil qilinadigan arxivga arxiv hujjatlarini saqlash sharoitlari va arxivning ta’minlanganligi darajasi yuzasidan ekspert-tekshiruv komissiyasi xulosasini beradi; Boshqarma shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham bajaradi. III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
7. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega: viloyat, shahar, tuman hokimliklariga arxiv ishini yanada yaxshilash va ish yuritish hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, korxona, muassasa va tashkilotlardan (ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar), nodavlat arxivlardan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil etish haqida, shuningdek boshqarma vakolatiga tegishli boshqa zarur ma’lumotlarni so‘rab olish; O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi viloyat davlat arxivi va tuman, shahar davlat arxivlaridan, nodavlat arxivlaridan, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, kutubxonalar va muzeylarning qo‘lyozma bo‘limlaridan, shuningdek fuqarolardan davlat katalogi uchun tegishli ma’lumotlarni olish; mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tugatilgan tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot olish, mulkchilik shaklidan qatiy nazar viloyatdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hamda nodavlat arxivlaridan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha tegishli materiallar so‘rab olish, ularning vakillari hisobotlarini tinglash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish; viloyat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan arxiv ishi va ish yuritish hujjatlarini tashkil etish masalalariga doir nizomlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, yig‘majildlar nomenklaturalari, o‘quv dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni kelishib berish; nodavlat arxivlari tashkiliy hujjatlarini (ustav, ta’sis shartnomasi, muassislar yig‘ilishi qarori) kelishib berish; mansabdor shaxslarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining o‘g‘irlanishi, yaroqsiz holga keltirilishi, yashirilishi, yo‘qotilishi yoki noqonuniy yo‘q qilinishiga olib kelgan sharoitlar yaratganligi hollari to‘g‘risida tegishli tergov organlariga xabar qilish; arxiv ishi va ish yuritish masalalarini ko‘rib chiqish uchun doimiy va vaqtinchalik idoralararo komissiyalar, kengashlar tuzish; shuningdek, boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqadigan o‘z vakolatlari doirasidagi boshqa huquqlarga ham egadir. Boshqarma viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, shakllantirish, davlat hisobini yuritish, saqlovini va xavfsizligini ta’minlash, arxiv hujjatlaridan davlat, jamiyat va fuqarolarning qiziqishlari uchun foydalanish hamda viloyat davlat arxivi va tuman, shahar davlat arxivlarining faoliyatini tashkil etishga javob beradi. IV. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
8. Boshqarmaga viloyat Hokimi bilan kelishilgan holda “O‘zarxiv” agentligining Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi. Boshqarma boshlig‘i: boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi nizomlari, yo‘riqnomalari, qoidalari, qarorlari, buyruqlari va ko‘rsatmalarini bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, boshqarma xodimlarining, shuningdek viloyat davlat arxivi va tuman, shahar davlat arxivlari direktorlarining rahbarlik faoliyatidagi javobgarlik darajasini belgilaydi; viloyat hokimining hamda “O‘zarxiv” agentligining qarorlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalariga asoslangan holda ularning ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan tegishli buyruq va ko‘rsatmalar beradi; boshqarma apparati xodimlarini, “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda viloyat davlat arxivi direktorini, tegishli hokimlari bilan kelishilgan holda davlat arxivi direktorlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; boshqarma devonining mehnatga haq to‘lash fondini, shtatlar jadvalini, boshqarma devoni va viloyat davlat arxivini moliyalash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi, viloyat hokimligi moliya boshqarmasi bilan kelishilgan holda mehnatga haq to‘lash hamda rag‘batlantirish tizimi va miqdorini o‘rnatadi.
9. Boshqarma xodimlarining umumiy soni va tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boshqarmada tarkibi 5 kishidan kam bo‘lmagan Direksiya tuziladi: - boshqarma boshlig‘i (Direksiya raisi); - viloyat davlat arxivi direktori (Direksiya raisi o‘rinbosari); - bosh mutaxassis (Direksiya kotibi); - viloyat davlat arxivi filiallarining direktorlari; - viloyat davlat arxivi mutaxassislaridan biri. Direksiyaning Nizomi va uning shaxsiy tarkibi boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
11. Viloyatning davlat va idoraviy arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibini belgilash va hujjatlar qimmatliligini ekspertizadan o‘tkazishkorxona, muassasa va tashkilotlar hujjatlarini tashkillashtirish va ish yuritish bilan bog‘liq, amaliy masalalarni ko‘rib chiqish uchun boshqarma huzurida Ekspert-tekshiruv komissiya (ETK)si faoliyat ko‘rsatadi, uning shaxsiy tarkibi va nizomi boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
12. Boshqarma mustaqil smetaga ega bo‘lib, viloyat davlat arxivi va tuman, shahar davlat arxivlarini hisobga olgan holda viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
13. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi yozilgan muhr va blankalarga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
14. Boshqarmani qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish ishlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.скачать dle 11.3
Teglar

Uxshash yangiliklar

Yangilikga qoldirilgan fikrlar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Fikr bildirish:

Ishonch telefon raqami : (+998)69 227-09-54.

Harakatlar strategiyasi 2022-2026

Saytlar orasidagi statistika

Diqqat!!!

Web-sayt test rejimda ishlamoqda, agar sizda biror muammo to'g'ilsa - iltimos bizga xabar berish.


Biz bilan bog'lanish

Namarchive - administratori.