» » PRESS-TUR

Асосий янгиликлар

PRESS-TUR


Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlariga tashrif buyurgan jurnalist va blogerlar Chortoq tuman davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv hujjatlari va fotokoʻrgazma, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, hujjatlarni taʼmirlash, hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlov berish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Yangiqoʻrgʻon tuman arxivida davom ettirilgan press-tur davomida ham tuman davlat arxividagi jarayonlar tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirildi. Jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha yetarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bugungi kunda Namangan viloyatida jami 17 ta arxivlar mavjud boʻlib, shulardan 10 tasi davlat arxivlari, 7 tasi esa shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxividir.
Davlat arxivlarida jami 1.004.546 saqlov birligidagi arxiv hujjatlari saqlab kelinmoqda.
Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi direktorning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev, Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i N. Axmadaliyev xamda  viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari rahbarlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.
скачать dle 11.3
Teglar

Uxshash yangiliklar

Yangilikga qoldirilgan fikrlar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Fikr bildirish:

Ishonch telefon raqami : (+998)69 227-09-54.

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

Saytlar orasidagi statistika

Diqqat!!!

Web-sayt test rejimda ishlamoqda, agar sizda biror muammo to'g'ilsa - iltimos bizga xabar berish.


Biz bilan bog'lanish

Namarchive - administratori.